shikoyat
bilan ulashing
1. Norozilik, nolish soʻzi; hasrat.
-
Uyqusizlikdan shikoyat qilmoq.
-
Hammaning tilida shikoyat: qimmatchilikdan, mardikor olish voqeasidan, bekorchilikdan shikoyat. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Kambagʻalchilik oʻlsin! — xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjon buni taʼna deb tushundi. A. Qahhor, Anor
2. Norozilik va maʼlum talab bilan ogʻzaki yoki yozma tarzda bildirilgan fikr; arz.
-
Shikoyat — ojizlik alomati.
-
Shikoyatni oʻziga ep koʻrmay, jim oʻtirdi Ahmad. F. Musajonov, Himmat
-
Koʻpchilikning arz-dodiga quloq solmagandan keyin shikoyat oqaveradi-da. Mushtum
-
Yo Qoʻqon hokimi Medinska janobi oliylariga arz qilarsan Bor, bora qol, shikoyat qila qol. K. Yashin, Hamza
3. aynan Shikoyatnoma.
-
Shikoyat va tavsiya daftari.
-
Kasabaqoʻm ishchi va xizmatchilarning shikoyatlarini korxona maʼmuriyati bilan birgalikda koʻrib chiqadi. Gazetadan
-
Hukmlar toʻgʻrisida shikoyat berish erkinligi koʻzda tutiladi. Gazetadan
shikoyat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shikoyat qilmoq
-
Gulsumbibi bu savolga javob berishdan avval kambagʻalchilikdan, erining ahvolidan shikoyat qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kimdir kun ortiq isiganidan shikoyat qildi. N. Safarov, Jasoratning davomi;
-
Rost, Ertoyevlarning ustidan shikoyat qilish uning xayoliga ham kirib chiqqan emas. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Xivaga yur, xonga shikoyat qilamiz J. Sharipov, Xorazm
SHIKOYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИКОЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shikoyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar