shil
bilan ulashing
1. Narsaning sirtidan, tanadan uni oʻrab turuvchi teri, poʻst kabi qoplamini ajratmoq.
-
Daraxtning poʻstlogʻini shilmoq. Quyonning terisini shilmoq.
-
Tojiddin Qosim xushboʻy bananlarning oltin poʻstlarini ildam shilib, birmuncha yedi. Oybek, Nur qidirib
-
Koʻchaning u yuzida, lab va burniga qon sachragan ayiqdek bir qassob, yangi soʻyilgan qoʻyning terisini zoʻr berib shilardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Uzib yoki yulib olmoq, koʻchirib yubormoq, qattiq tirnamoq.
-
Bilmay yaramni shilib yuboribman.
-
Mana bu yerimni Lyublin-da oʻq shilib ketdi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
3. Achishtirib yalab ketmoq; terisini yeb, oʻyib yubormoq.
-
Ohak qoʻlimni shilib yubordi. Qalampir ichimni shilib ketdi.
-
Sirka ichgandagidek qornini shilib yubordi. Oybek, Quyosh qoraymas
4. koʻchma Aldash yoki zoʻrlik bilan boshqaning bor-yoʻgʻini oʻziniki qilib olmoq, talamoq; oʻgʻirlamoq.
-
Boylar kambagʻallarni shilardi. Savdogar xaridorlarni shiladi.
-
— Otam qarib, yoʻlda horib qolgan chol edi. [Qaroqchilar] Uni bir zumda yotqizib, yonidagi bor pulini shilib olishdi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻgʻri, bandit! Ertaga hamma yoqni shilib qochadi. A. Muxtor, Tugʻilish
SHIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SHIL so‘ziga berilgan ma’nolar
shil so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
shil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing