g‘aroyib
bilan ulashing
1. Juda kam uchraydigan, juda boshqacha, gʻalati.
-
Gʻaroyib mashina,
-
Nazar Alimatga xuddi ajoyibxonadagi gʻaroyib narsani tomosha qilayotgandek boqardi. E. Usmonov, Yolqin
-
Bu koʻchalar shunday sirli va gʻaroyibki, asti qoʻyaverasiz. S. Akbariy, Sevgi bilan tirilgan yurak
-
yangi jurnalni varaqlab oʻtirib gʻaroyib suratga koʻzim tushdi. M. M. Doʻst, Lolazor.
2. aynan Ajoyib 1.
-
Xatdagi gaplar birmuncha gʻaroyib boʻlishi barobarinda, uning tegishli kishiga yetishi juda zarur edi. A. Muqimov, Tark etma nazokatni
-
Bugungi koʻpkari gʻaroyib boʻldi-da. Sh. Ashurova, Yanga
G‘AROYIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАРОЙИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘aroyib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar