g‘arib
bilan ulashing
1. Qarindosh-urugʻi yoʻq, biror homiysi, koʻmakchisi boʻlmagan, kimsasiz; musofir.
-
Gʻarib koʻnglini gʻarib bilur. Maqol
-
Bu gʻarib va kimsasiz kishi asli Sabzavor shahridan boʻlib, falakning gardishi bilan Hirotga kelib qolgan. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Fayzi kasalxonadan ketgandan keyin, bamisoli gʻarib boʻlib qoldim. E. Rayimov, Ajab qishloq
2. Kambagʻal, qashshoq; faqir, bechora.
-
Tirnoq-la yer oʻyib, suvlar oqizgan Gʻariblar ahvoli qolardi tangga. Gʻayratiy
-
Bozor Hamroyevich, oʻgʻli gʻaribgina bir oilaga naqadar katta gʻam-tashvish orttirganini tushundi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
3. koʻchma Nochor holatli; koʻrimsiz; ahvoli tang.
-
shahar chetida ijarada, gʻarib bir xonada yashardik. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Giyohlari qovjiragan gʻarib mozorga tikilib oʻtirib, oʻtgan bolaligini esladi. S. Ahmad, Ufq
-
Oʻzi hamma vaqt gʻarib yashashiga qaramay, juda serpardoz edi. S. Zunnunova, Gulxan
4. kam qoʻll. Ajib, qiziq, ajoyib.
-
Sizlar emas, otang nima boʻladi, Bolam, jang endi gʻarib boʻladi. Malikayi ayyor
-
Agar gumonim toʻgʻri boʻlsa, Komilbekning qotili Homiddir! — Bu soʻz Otabekni ajablantirganidek, usta Olimga gʻarib eshitilgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
G‘ARIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАРИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘arib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar