qimirla
bilan ulashing
1. Sekin-asta yoki gʻimir-gʻimir harakat qilmoq, u yon-bu yon borib-kelib, silkinib turmoq; tebranmoq.
-
Shamol boʻlmasa, daraxtning boshi qimirlamaydi. Maqol
-
Qurbon ota choʻkka tushgan, ikki qoʻli tizzasida, xuddi surat oldirayotganday hech qimirlamaydi. A. Qahhor, Toʻy
-
Shu vaqt taxmonga osilgan kirpoʻsh oʻz-oʻzidan qimirlaganday boʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Umurzoq ota ana shu xayollar bilan ekan, ikki qarmoq birin-ketin qimirlab qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Joyidan qoʻzgʻalmoq, jilmoq, siljimoq, nari ketmoq.
-
Shu joydan qimirlama. Bemor oldida qimirlamay oʻtirmoq.
-
Gʻir etgan shamol yoʻq, ot-arava koʻtargan chang, havoda uzoq vaqt qimirlamay turib qolar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Koʻchma Ish, harakatda boʻlmoq, chalishmoq; yurmoq.
-
Tezroq qimirlang, kech qolyapmiz. Qimirlagan qir oshar. Maqol
-
Yigirma uchta mashinamiz boʻlsa-yu, shundan bor-yoʻgʻi toʻrttasi qimirlasa-ya! Mushtum
4. Biror ish-mashgʻulot bilan band boʻlmoq, shu tufayli kun kechirmoq, tirikchilik qilmoq.
-
Rahmatlik buvam oʻlganlaridan keyin samovar oʻzimga qoldi. Yosh boʻlsam ham, choyxonada qimirlab turibman. B. Rahmonov, Mardlar qissasi
-
Men ham, albatta, tek oʻtirmay, kuchim yetgancha qimirlab turibman. Qurt tutamiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Joni bor odam qimirlab turishi kerak — uning falsafasi shu. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Be-ye, menda poʻlat nima qiladi, taqsir. Eski taqalar, temir-tersaklar bilan zoʻrgʻa qimirlab turibmiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
qimirla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qimirlab qoldi
-
Odamlarga jon kirganday, bir-birlariga jilmayib, qimirlab qolishdi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Narx-navo qimirlab qoldi.
-
Muz koʻchdi, oʻrtoq Safarov, oʻrta dehqon qimirlab qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qimirlagan jon
-
Qimirlagan jon yoʻq emish. Behishtday bir olam emish. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Kechki kuz bobodehqonni juda tashvishlantirib qoʻydi, qimirlagan jonda yaxshi tashvish. Gazetadan
-
Ayniqsa, yigʻim-terim paytlari qimirlagan jon borki, dalada koʻrmasa, koʻngli yupanch topmas edi. J. Abdullaxonov, Xonadon
QIMIRLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИМИРЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qimirla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar