qiltomoq
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Qiziloʻngachning yara yoki boshqa sabab bilan torayib, ovqat oʻtmay qolishidan iborat kasalliklarning umumiy nomi; rakning bir turi.
-
Er-xotinning koʻz oʻngiga qoʻshnilari Joʻrabek akaning qiltomoqdan qiynalib oʻlgani kelib, vahima tushdi. Mirmuhsin, Umid
2. Shunday kasallikka duchor boʻlgan kishi.
3. koʻchma Kam ovqat yeydigan, chimxoʻr odam.
-
Hayot boyagiday qiltomoq boʻlib oʻtiraverdi, toʻgʻrisi, bu noyob baxt uning ishtahasini boʻgʻib qoʻygan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Emlashdan keyin, yegani badaniga yuqmaydigan qiltomoq birodarlari birdan ishtahaga kirgan edi. A. Dilmurod, Fano dashtidagi qush
QILTOMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЛТОМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiltomoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QILTOMOQ so‘ziga berilgan ma’nolar
qiltomoq so‘ziga yangi izoh qo‘shing