yutuq
bilan ulashing
1. Ish, faoliyatda erishilgan muvaffaqiyat; gʻalaba.
-
Ilm-fan yutuqlari.
-
Men oʻzbek xalqining paxtachilik sohasida bu yil erishgan katta yutugʻini koʻrib, behad quvondim. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Yutuqlar zamirida doimo katta mehnat, izlanish oʻrin olgan boʻladi. Gazetadan
-
— Ha-da, ishni boʻshashtirmay, uraveraylik, bitta tosh jildirsak ham, yutugʻimiz, — dedi Gʻulomjon. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Zayom, lotereya kabi oʻyinlar tirajida qoʻlga kiritiladigan, yutib olinadigan narsa.
-
Zayomga besh ming soʻm yutuq chiqdi. Yutuqni olmoq.
-
Joʻravoy biletlarni qoʻlga olgach, majburlab berilgan lotereyaga koʻpincha yutuq chiqadi, degan mish-mishlarni eslab, koʻnglida qandaydir umid uchquni yilt etdi. Gazetadan
3. Bahs, bellashuv kabilarda erishilgan gʻalaba va shu gʻalaba uchun beril(adi)gan narsa.
-
Yirik-yirik musobaqalarda ajoyib yutuqlarni qoʻlga kiritgan.
-
— Yengildim — Yengilgan boʻlsangiz, yutugʻimni bering. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
YUTUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮТУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yutuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar