yuv
bilan ulashing
1. Suv (baʼzan spirt, kerosin va shu kabilar) bilan ishqab toza qilmoq, kirini ketkazmoq.
-
Betni yuvmoq. Qoʻlni sovun bilan yuvmoq. Idishlarni yuvmoq. Yarani spirt bilan yuvmoq. Uzumni yuvib yemoq.
-
Toʻrtinchi kosani olib kirib ketgandan soʻng, Hayot qozonni yuvdi-yu, qopqogʻini yopib, kirib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bahor ariq boʻyiga oʻtirib, pomidor, bodring va piyoz yuvdi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
[Erali] Otlarni yuvib, tarab, egarlab, yuganlardi. Erali va Sherali
2. Oqizib olib ketmoq, oʻpirib yoki oʻyib ketmoq.
-
Yomgʻir devor suvoqlarini yuvib ketdi.
-
Suv nov ostini yuvib ketyapti. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Amu oqar qirgʻoqni yuvib, Kunlar oʻtar kunlarni quvib. Gʻayratiy
3. q. x. Tuproq shoʻrini ketkazish maqsadida dalaga suv qoʻymoq; yaxob bermoq.
-
Shoʻr yerlarni qishda uch-toʻrt martalab yuvdik.
-
Bu yerni tekislashga ham, shoʻrini yuvishga ham ehtiyoj yoʻq. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
4. so‘zlashuv tili Erishilgan gʻalaba, muvaffaqiyat yoki biror yaxshi narsaning qoʻlga kiritilishini ziyofat bilan nishonlamoq.
-
— Ogʻaynilar, endi kechirasizlar, — dedi Sangin plashining choʻntagidan yarimta aroq chiqarib, — bu kelganlaring hisob emas, kvartirani alohida yuvamiz. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Bobo amakim ham oltmish yillik toʻylarini qilib berishlari kerak. Pensiyani yuvmasalar boʻlmaydi. I. Rahim, Taqdir
yuv soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kir yuvmoq
-
[Oyimxon] Ochdan oʻlmaslik uchun ertadan kechgacha kir yuvib, haqiga bir kosa kepak olib, non qilib yegan. P. Tursun, Oʻqituvchi
Gunohini (yoki aybini, dogʻini va shu kabilar) yuvmoq
-
Maxdumning bu soʻzi yuqoridagi gunohini yuvganday boʻldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Gulnor endi man tortmadi. Sof nomusiga otilgan qorani butunlay yuvib tashlashga jazm qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Kir yuvdi
Qoʻlni yuvib, qoʻltiqqa urmoq (yoki tiqmoq)
-
Oftob oyim eridan ham qoʻlini yuvib, qoʻltigʻiga urgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
YUV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yuv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar