yuvosh
bilan ulashing
1. sifatdosh Shoʻxlik qilmaydigan, tinch yoki jim yuradigan; beozor.
-
Yuvosh bola. Yuvosh ot.
-
Musulmonqul qoʻy kabi yuvosh Toshkent hokimi Salimsoqbekni oʻldirib, oʻrniga Azizbekdek zolimni belgiladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Dadam juda yuvosh, shirinsoʻz chol edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yuragingiz daryo-da, oyi! Yoki sinfga nuqul yuvosh, aqllilarini terib olganmisiz-a! H. Nazir, Opaxonimiz
2. ravish Beozor tarzda.
-
Zaynab yuvoshgina kulib, qizarib, chamadonchasini koʻcha oʻrtasiga qoʻydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Qamchi jahlidan tushib, Mavlon akaga yaxshi shogirdlardek yuvosh boqdi. H. Gʻulom, Mashʼal
YUVOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮВОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YUVOSH so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YUVOSH so‘ziga berilgan ma’nolar
yuvosh so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
yuvosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing