toshqin
bilan ulashing
1. ot Qor va muzliklarning shiddatli erishi, yogʻinning koʻp boʻlishi, tabiiy va sunʼiy toʻgʻon va dambalarni suv vayron qilishi va boshqalar sabablar tufayli daryo, soy, koʻl suvlarining qirgʻoqdan oshib, sohil, yerlarni bosuvi.
-
Bahorgi toshqin. Toshkin suvlari. Toshkin xavfi.
-
Uning dokladi va muzokaraga tayyorlangan chollarning soʻzlaridan toshqin manzarasi, bu ofatning butun oqibatlari hammaning koʻz oldida gavdalandi-qoldi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
2. sifatdosh Joʻsh urgan, pishqirgan, joʻshqin.
-
Toshqin daryo.
3. koʻchma Gʻayrati ichiga sigʻmaydigan, oʻt-yurak, qaynoq.
-
Toshkin yigit. Toshqin qalb.
-
— Barakalla, otangizga rahmat! — dedi Qudrat quvonib. Keyin toshqin bir mehr bilan soʻradi: — Qishloqqa qachon qaytasiz? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Toshqin (erkaklar ismi).
TOSHQIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОШҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
toshqin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar