qimmatbaho
bilan ulashing
1. Katta pul turadigan, qimmat bahoga ega, qimmatli.
-
Qimmatbaho sovgʻa. Qimmatbaho buyum. Qimmatbaho toshlar.
-
Hokim supada yonboshlab yotgan yerida toʻrt barmogʻi qimmatbaho oltin uzuklar bilan bezatilgan choʻzinchoq panjasini uzatdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Samarqand podshohiga oltin-kumush sovgʻalar qimmatbaho sarupolar inʼom qildilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Qimmatbaho metallarga platina, palladiy, osmiy va ularning bir-birlari va boshqa oddiy metallar bilan hosil qilgan qotishmalari kiradi. Fan va turmush
2. koʻchma Bahosi yoʻq, bebaho.
-
Qimmatbaho, gavharga teng soʻzlaringiz yaramga malham, dardimga davo boʻldi. Sharq yulduzi
qimmatbaho soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qimmatbaho (yoki qimmatli) qogʻozlar
-
Ushbu Nizom qimmatbaho qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibini belgiladi. Gazetadan
QIMMATBAHO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИММАТБАҲО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qimmatbaho so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar