qimmat
bilan ulashing
1. Nisbatan yoki meʼyor, moʻljaldagidan katta pul turadigan, narxi baland.
-
Qimmat mol. Qimmat buyum.
-
Qimmat boʻlsa ham, noiloj olar edim-a, lekin puldan hemiri ortmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shunaqa qimmatidan olmasdan, gazmol olib kelsangiz-ku, bir xil qilib tikib berardim R. Fayziy, Sen yetim emassan
-
Etigingiz qimmat, usta. Biz talabalarning qudratimiz yetmaydi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. aynan Qimmatbaho 1.
-
Olgan sovgʻam oltin uzuk, qimmat tosh emas. Gʻayratiy
-
— Senga ham darkor, — deb dur-u javohir, qimmat toshlardan berdi. Nurali
3. koʻchma Pulga, hech narsaga sotib olib boʻlmaydigan; bahosi yoʻq, bebaho, qadrli, aziz.
-
Bilim davlatdan qimmat. Maqol
-
Gar dilingda oʻylagan orzuga yetmoq istasang, Qimmat umring qilmagil behudaga bekor, oʻqi. Hamza
-
Unsin, hammasi ortiqcha narsa. Bularning hammasidan menga bir eski doʻppi qimmat. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Mavqe, ahamiyat darajasi.
-
Kamida bir yilga soʻz berib qoʻydim. Soʻz oltindan qimmat-ku, axir. X,. Nazir, Yonar daryo
-
Jiddiy fikr, chinakam hissiyot, samimiyat, yuksak mahorat — ana shular shoirning bundan keyingi qimmatini belgilab beradi. OʻTA
5. Qimmat (xotin-qizlar ismi).
qimmat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir pulga (yoki paqirga) qimmat
-
Bir pulga qimmat mato.
-
Bir paqirga qimmat, oʻtkinchi ikir-chikirlar uchun jon kuydiradi-yu, eng bebaho xazinasidan — salomatligidan judo boʻlayotganini oʻylab oʻtirmaydi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor.
Qimmat bermoq
-
Darhaqiqat, oʻzaro bitmas nizolarning asli maʼnosini u yaxshi anglab tahlil qilar va durust qimmat berar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qimmatga tushdi
-
Antibiotiklar mikroorganizmlardan hosil qilinishi sababli qimmatga tushadi. Fan va turmush
-
Bu jang bizga qimmatga tushdi, ancha oʻt ochish nuqtalarimiz qurollar va soldatlarimiz bilan birga yakson etildi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Masʼul lavozimdagi xodim yetti oʻlchab, bir kesmasa, uning xatosi qimmatga tushishi turgan gap. Gazetadan
QIMMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИММАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qimmat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing