qimmatli
bilan ulashing
1. Qimmat turadigan, qimmatbaho.
-
Qimmatli buyum.
-
Goʻng ostidan sandiq-sandiq qimmatli mollar, toy-toy gazlamalar va boshqa qimmatli narsalar chiqa boshlagan. S. Ayniy, Qullar
2. koʻchma Bahosi yoʻq, bebaho, qadrli, aziz.
-
Oiladagi osoyishtalik — har qanday boylikdan qimmatlidir. Gazetadan
-
Gulnorning bir tabassumi uning uchun hamma narsadan maʼnodor, turmushning hamma zavqlaridan ulugʻ va qimmatli edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Koʻp foydali, juda kerakli.
-
Qimmatli maslahat. Qimmatli fikr. Qimmatli maʼlumotlar.
QIMMATLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИММАТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qimmatli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar