qin
bilan ulashing
1. Pichoq, qilich kabi qurollar solib qoʻyiladigan gʻilof.
-
Pichoq qini. Bir qinga ikki qilich sigʻmas. Maqol
-
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. Maqol
-
Dilovarshoh qilichini qinidan sugʻurib, qizga hujum qilmoqchi boʻldi. S. Ayniy, Doxunda
-
Har bir mahbus, qinda yotgan dahshatli toʻpponchadan oʻz peshonasiga oʻq uzilayotgandek, vahimaga tushib qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Tugunakni oʻrab turuvchi bargsimon qobiq, kurtak, gʻilof.
-
Dovuchcha qinidan chiqibdi.
-
Bahor edi Oʻriklar gulini toʻkkan, gʻoʻralar qinidan chiqib, kishi yesa maza topadigan boʻlib qolgan. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir.
qin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzi qinidan chiqmoq
-
Dahshatli xabarni eshitgan Maxdumning koʻzlari qinidan chiqib ketayozdi. H. Gʻulom, Mashʼal
Qizlik pardasidan boshlanib, bachadon boʻyni yopishadigan joyda tugaydigan naysimon, muskulli elastik aʼzo.
QIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar