qimti
bilan ulashing
1. Lablarni bir-biri yoki tishi orasiga olib qismoq, yigʻishtirmoq.
-
Munisxon tiniq qizil lablarini qimtib, kulib yubormaslikning ehtiyotini qiladi. A. Qahhor, Sarob
-
Olaxoʻja labini qimtib, mushtini mosh-guruch soqolli iyagiga tirab, bir nafas xayol surdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oyna opa zinadan tushib, uch odimcha bosdi-da, pastki labini qimtib, toʻxtadi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
2. Lablari bilan qismoq, chimtimoq.
-
Burxon ota moʻylovini lablari bilan qimtib sukut qilar, goʻyo xatning davomini kutar edi. O. Yoqubov, Ota izidan
-
[Quyon] Jilgʻaga kelib, suv ichdi va koʻm-koʻk maysalarni qimtiy boshladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. Qismoq, silkitmoq, qimirlatmoq.
-
Shokir aka oʻrnidan bir qoʻzgʻalib, tizzasini qimtib, choponining barini qistirib oldi. H. Nuʼmon, Fasllar
-
— Otasining oti nima edi? — deya Oyimxon Gulsumga burilgan edi, u esa kiftini qimtib: — Siz bilmasangiz, men qayoqdan bilay? — dedi. P. Tursun, Oʻqituvchi
qimti soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻzini qimtimoq
-
Kelganingizdan beri oʻzingizni qimtib, yozilibroq gapirishmaysiz. A. Qahhor, Sarob
QIMTI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИМТИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qimti so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar