qimtin
bilan ulashing
1. Qimtimoq feʼlining oʻzlik nisbati.
-
Chokarning hamisha hazil-mutoyiba ilashib turadigan yupqa lablari asabiy qimtingan edi. S. Siyoyev, Avaz
2. Biror ish yoki harakat qilishga botinolmay, istihola qilib, tortinib turmoq; iymanmoq, tortinmoq.
-
Hamida qimtinibgina dedi: — Tohir toʻgʻrisida maslahatlashmoqchi edim. H. Nazir, Onajonimiz
-
Hayot qimtinib, tortinib, onda-sonda bir kesim qovun oladi-da, bir tishlab, yana qaytarib qoʻyadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Silkinmoq, qimirlamoq, tebranmoq.
-
Ahmedov oʻtirgan joyida bir qimtinib oldi-da, soʻz boshladi. H. Nuʼmon, Fasllar
-
Baqoyev Mirhaydarovga tikildi, nimadir demoqchi boʻlib, ogʻiz juftladi, qimtindi, qizardi va boshini quyi egdi. S. Abduqahhor, Oldin oʻzingga boq, soʻng nogʻora qoq.
QIMTIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИМТИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qimtin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar