qip-qizil
bilan ulashing
1. Juda qizil, choʻgʻday qizil.
-
Qip-qizil qon. Qip-qizil olma. Qip-qizil gilam.
-
Jarning har ikkala yon-boshini qip-qizil lolalar gilamdek qoplangan. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Eshikni ikki yuzi qip-qizil bir juvon ochdi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. koʻchma S. t. Butunlay, mutlaqo, gʻirt. Qip-qizil savodsiz. Qip-qizil tuhmat.
-
Dehqon qip-qizil yalangʻoch, ahvoli tang. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qip-qizil jinni, ovsar ekansan! Hamza, Paranji sirlari
-
Bu gapni yurt eshitsa, sizni qip-qizil oʻgʻri deydi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Dehqon karamni shoshib pulladi-da, mashinaga chopdi. Kelsa, Fozil qip-qizil mast oʻtiribdi. S. Zunnunova, Odamlar orasida
QIP-QIZIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИП-ҚИЗИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qip-qizil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing