yopish
bilan ulashing
Yopmoq I feʼlining birgalik nisbati.
Yopmoq II feʼlining birgalik nisbati.
1. Mahkam ushlamoq, tirmashib olmoq.
-
Vasila Nazarovna zanjirni tushirishi bilan, notanish bir erkak otilib kirdi-yu, yoqasiga yopishdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yigitali Aya, dadamni qutqaring, choʻkib ketyapti! deb baqirar-mish. Oʻzi mahkam otasining sochiga yopishib olibdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Kuyov tomonidan oriq, daroz, chayir bir xotin bel bogʻladi. Oʻzgalar: yosh-qari — hammasi shu ikki ayolning belbogʻiga, etaklariga yopishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Birikib, tutashib ketmoq; jipslashmoq; qapishmoq.
-
Doʻppi kalning boshiga shirachlagandek yopishib qolgan edi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Shaftoli gullari duv uchib, bir qancha gul yaproqlari Charosning hoʻl sochlariga, yuziga yopishib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Ilashmoq.
-
Talʼat orqasi bilan sirgʻalib, xirmondan tushdi-yu, shimiga yopishgan paxta tolalarini qoqib tashladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Otilmoq, intilmoq, talpinmoq.
-
Muqaddam dahshat ichida eshikka yopishdi: — Lobarlarnikiga chiqaman Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Qoʻzi-uloqlar toʻymay qolsa, irgʻishlab kelib, onalarining yeliniga yopishadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Jangchilar koʻzlarini rosa ochmasdan, miltiqlariga yopishdilar. Oybek, Quyosh qoraymas
5. Astoydil berilmoq, jon-jahd bilan kirishmoq.
-
Har biri bir yangilik keltira-yotgan bu kunlarning shavqidan mast boʻlgan xaloyiq har qanday ishga moʻr-malaxday yopishar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Men odamlar tusha solib, televizordagiday ishga yopishib ketsa kerak, deb kutib tur-dim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
yopish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻzingdan chiqib, yoqangga yopishsin
Tiling tanglayingga yopishgur!
YOPISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁПИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yopish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar