yopiq
bilan ulashing
1. Oʻtish yoki kirish-chiqish joyi toʻsib, bekitib qoʻyilgan; berk.
-
Yopiq eshik.
-
Kechasi maʼlum Margʻilon darvozalari yopiq boʻladir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Uylarning eshiklari, derazalari taqa-taq yopiq. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Toʻsilgan; bekitilgan.
-
Nuri—quyoshda ku-mushday yaltirovchi banoras paranjida; yuzi qat-qat shoyi roʻmollar bilan yopiq, xonaning ostonasi yonida sal egilib turadi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Usti bekitilgan, yopilgan.
-
Yopiq qozon.
-
Ertalab soat yettilarda yotoqxona oldiga usti yopiq yuk mashinasi keldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Tamom boʻldi, tugadi.
-
Asqar Bakirovich yana bir marta unga [Bashirjonga] va kollektivga muvaffaqiyat tilab, majlisni yopiq deb eʼlon qildi. N. Aminov, Suvarak
-
— Majlis yopiq, — eʼlon qildi Madyorov. Sh. Toshmatov, Erk qushi
yopiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yopiq majlis
Yopiq ovoz bermoq
Umuman yopiladigan mato.
-
Toy ustiga yopiq tashlamoq.
-
[Otning] Egarlari naqshli, yopiqlari duxobadan boʻlardi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Ark ichida keng yotoq, ustida kashmiriy yopiq, ikkita shishqin par yostiq. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
YOPIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁПИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yopiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar