yop
bilan ulashing
1. 1 Eshik, deraza va shu kabilarni bekitmoq.
-
Kiradigan eshigingni qattiq yopma. Maqol
-
Mirhomidxoʻja ogʻilning eshigini sekin yopdi-da, imo bilan Qambaralini bir chekkaga chaqirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Polvon] Ostonaga borganda: — Qolganini uyda olasan, — dedi-yu, eshikni qarsilla-tib yopib chiqib ketdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
2. Ustiga tashlamoq, ustini bekitmoq.
-
Choʻli bobo uyiga kirib, bir yangi pochapoʻstin olib chiqib, Meʼmorning yelkasiga yopdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yoʻlchi quruq namatga yotib, ustiga koʻrpacha yopdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Qopqoq bilan bekitmoq, qopqoqlamoq.
-
Choynakning qopqogʻini yopmoq
-
Ahmad uyiga kirib borganida, Munira qish gʻamini yeb, achchiq-chuchukdan shisha bankalarga konserva yopayotgan ekan. F. Musajonov, Himmat
4. Ish-harakatini, faoliyatini toʻxtatmoq.
-
Doʻkonni yopmoq. Majlisni yopmoq.
-
Xivadek kichik bir qalʼada oltmishdan or-tiq qorixona na kerak?Ularning bir qismini yopmoq lozim. S. Siyoyev, Avaz
-
Abdusamadqori samovarini yopib, menga javob berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Ochiq, yoziq narsani yigʻmoq, bekitmoq.
-
Daftarni yopmoq.
-
Ahmad varaqning uchini buklab, jurnalni yopdi. F. Musajonov, Himmat
-
Raʼno kitobni sekingina yopib, Anvarga uzatdi A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Saodatxon endigina yopgan zontini qayta ochdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
6. Qurmoq, bino qilmoq.
-
Shuning uchun [Xudoyorxon] mehnatkashni rahmsiz ishlatib, saroy va rastalar, qalandarxona va oʻrdalar yopmoqda edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
7. Qoplamoq, egallamoq.
-
Shahodat mufti qariyb butun koʻkragini yopgan bahaybat mosh-guruch soqolini qalam bilan taradi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
8. Yashirmoq, maxfiy tutmoq.
-
— Mabodo oblast gazetasiga ham kelib qolgudek boʻlsa, bu yogʻini yopamiz-qoʻyamiz-da, — dedi Halim. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Shu yoʻl bilan siringni yopmoqchi boʻldingmi? [dedi Oʻrmonjon]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
yop soʻzi qatnashgan jumlalar:
Esing borida etagingni yop
-
— Esing borida etagingni yop. Menga yigit boʻl! — dedi Xolxoʻja Boʻtaga. S. Ahmad, Hukm
Tayyorlamoq, pishirmoq.
-
Non yopmoq.
-
Eʼtibor opa uy yumushi bilan band boʻladi: non yopadi, oʻgʻir yanchadi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
U qayroq bugʻdoy unidan yogʻli patir, somsa yopdi, qatlama pishirdi. I. Raxim, Chin muhabbat
YOP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yop so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar