yopishqoq
bilan ulashing
1. Yopishadigan, yopishuvchan.
-
Yopishqoq modda.
-
Yomgʻir na tinar, na yogʻar deganday, yoʻllarning sargʻish yopishqoq balchigʻi etiklarni oyoqdan sugʻurar edi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Mahsining choki pishiq boʻlsin uchun, mumli, yopishqoq ipni har qatimda barmoqlari bilan qir-qir tortib qoʻyadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Tutgan kishisini qoʻymaydigan; shilqim, xira.
-
Yopishqoq bola.
-
Qodirbek oʻlgudek shilqim, yelim, yopishqoq yigit ekan, har kuni Layloning oʻqishdan chiqishini poy-lab turib, mashinada olib borib qoʻyaman, deb tiqilinch qilarmish. M. Qoriyev, Oydin kechalar
yopishqoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yopishqoq yongʻoq
YOPISHQOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁПИШҚОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yopishqoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar