g‘arq
bilan ulashing
1. Suvga choʻkkan, suv qaʼriga botgan.
-
Yaxshi bilan yomon oʻrtasi farqdir, Buni bilmaganlar daryoga gʻarqdir. Gazetadan
2. koʻchma Biror narsaga koʻmilib ketgan; burkangan, choʻmgan holatli (holatda).
-
Toqi zargaron ostidan charchoq, pala-partish xayollarga gʻarq oʻtib borarkan, yon tomondan doʻrillagan ovoz eshitildi. N. Aminov, Qahqaha
-
Goʻyo borliq tinch va osoyishta damlarning lazzatiga gʻarq. J. Abdullaxonov, Toʻfon
g‘arq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻarq boʻlmoq
-
Ikki kemaning boshini tutgan gʻarq boʻlar. Maqol
-
Omon qolaman desang, qirgʻoqqa chiq! Chiqmasang, baring daryoga gʻarq boʻlasan/J. Sharipov, Xorazm;
-
Butunlay ipak-atlaslarga gʻarq boʻlgan Xoljon xola boʻyi barobar katta bir oynaga qarab, oʻzini tomosha qildi. Gʻayratiy, Dovdirash
-
Chuqur xayolga gʻarq boʻlib oʻtirgan Zulfizar bir choʻchib tushdi. K. Yashin, Hamza
Oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz (soʻz birikmasi) anglatgan harakat-holatning toʻla-toʻkis, butunlay yuz berishini, yuz bergan holatini bildiradi.
-
Risolat otin koʻkarib ketgan erini koʻrib qaynoq novvot choy tayyorlab, bosib-bosib ichirdi. Qoʻldosh otaning badani ilib, gʻarq terladi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Uloqqa tashlanganlarning oʻzlariyam, otlariyam xiyol oʻtmay gʻarq terga botdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Uzumlar gʻarq pishgan, novdalarda oltinlanib, odam koʻnglini mast etadi. B. Barot, Sohibkorlar
-
Hozir ayni gʻarq pishiqchilik payti. Gazetadan
G‘ARQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАРҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘arq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar