hayajonli
bilan ulashing
1. Hayajonga tushgan holatli.
-
Hamza negadir hayajonli, asabiy koʻrinardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
2. Bezovtalik, hayajon ifodali.
-
Mirzakarimboy hayajonli, titroq tovush bilan qiziga fotiha berib, soqolini siladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Polvonlarning biriga muhabbat, ikkinchisiga nafrat bilan qarab turgan xalq koʻzida, uning hayajonli yuzida ikki dunyo kurashi aks etgandek edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
uning koʻzlari beqaror, xursand va hayajonli edi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Kishini hayajonga soladigan, toʻlqinlantiradigan.
-
Hayajonli film. Hayajonli asar.
-
Taqdir xotiralari, oʻtmish qismatining hayajonli voqealari qalam tebratishga imkon bermasdi. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
-
Xonaga hayajonli sukunat choʻkkan, salqin edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
HAYAJONLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЯЖОНЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan HAYAJONLI so‘ziga berilgan ma’nolar
hayajonli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
hayajonli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar