hayʼat
bilan ulashing
1. Biror vazifani bajarishga belgilangan, saylangan kishilar guruhi;tarkib.
-
Majlis prezidiumi hayʼati. Tahrir hayʼati.
-
Shu kundan boshlab Gʻafur aka jurnalimiz hayʼatining faxriy aʼzosi boʻlib qoldilar. M. Joʻra, Noshirnoma
-
Majlis ochildi. Hayʼat saylandi. Yo. Shukurov, Qasos
2. eskirgan, aynan Astronomiya.
-
Domlam bu masalani [Oy tutilishi masalasini] menga, hayʼat fanida boʻlgani kabi, sharhlab tushuntirdi. S. Ayniy, Esdaliklar
hayʼat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hayʼati riyosat (yoki rayosat)
-
Majlisni jamoa shoʻrosining topshirigʻi bilan Joʻra batrak ochdi. Hayʼati riyosatga Karim, Joʻra, Koʻshoq, Nodira xola va Norbuvilar saylandi. H. Shams, Dushman
Hayʼati taʼlimiya
-
Uni qoʻrqitish kerak, sizlar hozir maktabdan haydashga qaror qilinglar, hayʼati taʼlimiyada oʻzim olib qolaman. A. Qahhor, Sarob
Hayʼati tahririya
-
Yangi jurnal chiqqan, shunga ham hayʼati tahririya aʼzosi qilib tiqib qoʻyishdi. A. Qahhor, Sarob
Ilmi hayʼat
HAYʼAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙЪАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayʼat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar