haybatli
bilan ulashing
1. Ulugʻvor koʻrinishli, salobatli, bahaybat.
-
Haybatli baland togʻlar oy yogʻdusini ham yutib yuborgudek qorayib, vahm solardi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Yassaviy maqbarasini Temir Koʻragon bino qildirgan, koʻp haybatli, muhtasham maqbara. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Ichkarida tasavvuriga sigʻmaydigan haybatli narsa poylab turganday boʻlardi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
2. koʻchma Vahimali, dahshatli.
-
Jang boʻladi koʻp haybatli, Yov gʻalamis, quv, shiddatli. M. Shayxzoda, Toshkentnoma
-
Frontning uncha ham katta boʻlmagan bir uchastkasiga toʻplangan minglarcha zambarak gumburlashidan haybatli bir guvullash hosil boʻldiki A. Qahhor, Oltin yulduz
HAYBATLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙБАТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haybatli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar