haybat
bilan ulashing
1. Ulugʻvor koʻrinish; vajohat, salobat.
-
Baʼzida togʻlar haybati, dengizlar toʻlqiniga qarab, bu moʻjiza oldida beixtiyor ichimizdan xoʻrsiniq keladi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
[Ochil buva] Chinortogʻ etagida haybat bilan qorayib turgan chinorga uzoqdan tikilib, tong ottirdi. A. Muxtor, Chinor
-
Mozoriston haybati, mozoriston sukunati uni gʻamgin oʻylar girdobiga botiradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. koʻchma Vahimali his-tuygʻu, shunday his-tuygʻu uygʻotuvchi narsa, holat; vahm.
-
Ahmadbek mindi tarlonning beliga, Haybat bilan qaradi sogʻ-u soʻliga. Oysuluv
-
Ajdarho domiga Shakar ketadi, Ajdarho haybati shunday boʻladi. Shirin bilan Shakar
haybat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Haybat qilmoq
-
Erkak tahdidli tovush bilan ayolga haybat qilardi: — Men senga aytyapman, ovozingni chiqara koʻrma, sekin oldimga tush. F. Nasriddinov, Tundagi voqea
-
Yoʻlbars kabi joydan tursang qoʻzgʻalib, Har tarafga haybat qilsang na boʻldi? Nurali
HAYBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haybat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar