hayda
bilan ulashing
1. Biror tomonga qarab yurishga qistamoq; borishga majbur qilmoq; yoʻllamoq.
-
Oʻn bir kishini bandi qilib, qoʻllarini chilvir bilan bogʻlatdi-da, oldiga solib haydab ketdi. K. Yashin, Hamza
-
Yigitali podani oʻtgan hafta oʻtlagan yeriga —
-
soy boʻyiga haydadi. T. Malik, Ajab dunyo
-
Uzoqda chiroq miltillab koʻrindi Otni toʻgʻri oʻsha tomonga haydadi. M. Hazratqulov, Jurʼat
2. koʻchma Biror tomonga yuritmoq, yoʻnaltirmoq, yoʻnalishini burmoq (jonsiz narsalar haqida).
-
Koʻtarmalik bilan ishing boʻlmasin! Suvni Soyariqqa haydab, Oqsoqolning qulogʻidan xabar ol. N. Safarov, Uygʻonish
-
Kattalar xoʻp desa, togʻni teshib, Tojiksoyni haydab kelamiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. Mavjud joyidan, maʼlum makondan ketkazmoq, ketishga majbur qilmoq.
-
Oʻsha, Muqaddam haydab yuborganidan beri bu uyga qadam bosishga haqi yoʻqligini bilardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yoʻq qaysi diyonatli ota qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan oʻgʻlini oq qilib, dargohidan haydar ekan?! K. Yashin, Hamza
-
Oʻrtoqlari oldida yalinib borgan ekan, haydashibdi-ku H. Nazir, Yonar daryo
4. koʻchma Yoʻq qilmoq; ketkazmoq.
-
Dilingizdagi vasvasalarni haydang. K. Yashin, Hamza
-
Ekinzorlarda boʻladigan tonggi bir tarovat muzdek shabada — barchasi Avazning koʻnglidan mujmagʻil, ogʻir tush asoratini haydagandek boʻldi. S. Siyoyev, Avaz
-
Kek saqlamas, dilxiraligini haydab, oʻzini idora eta olar edi. S. Siyoyev, Avaz
5. Ish, mansab va shu kabilardan chetlatmoq, mahrum qilmoq; quvmoq, ketkazmoq.
-
oʻshalarning yordami bilan qamalmay qolibdilar-u, faqat ishdan haydalibdilar. E. Rayimov, Ajab qishloq
-
Nikolay taxtdan haydalib, inqilob boʻlgan kun olti yashar goʻdak ekanman. N. Safarov, Olovli izlar
-
Bilsa, institutdan haydaydi. Guldasta
6. Transport vositasini minib, yurgizib, boshqarib bormoq.
-
Otam arava haydar edi. Akam mashina haydaydi.
-
U doʻkonlarga gazlama tashidi, izvosh haydadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Biron kor-hol boʻlmasin, deb motorga oʻt berib, jadal haydab ketdi. S. Ahmad, Yulduz
7. Yerni maxsus asbob (plug, omoch, soʻqa kabi) tishi bilan tilib, yorib, oʻyib yumshatmoq.
-
Yerni traktor bilan haydamoq. Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda. Maqol
-
Tushdan keyin uyga kelib, bugʻdoy oʻraman arpadan boʻshagan yerni haydab, mola bosaman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
8. kim. Isitish yoki qaynatish yoʻli bilan tarkibiy qismlarga ajratmoq; shu yoʻl bilan biror narsa ajratib olmoq.
-
Spirt haydamoq.
HAYDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar