hayf
bilan ulashing
1. Arzimaslik, munosib emaslikni, achinishni bildiradi; attang, afsus, esiz.
-
Churuk uyingga hayf shunday farishta! Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Nima qilasiz surishtirib? Hayf maktab, hayf bularga sarf boʻlgan pul! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Yoʻq, adras hayf, Raʼno, — dedi toʻnni tahiga solib [maxdum], — haligi boʻzni beraver! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Tan olmaslikni, eʼtirozli munosabatni bildiradi.
-
hatto koʻchalarda uni toʻxtatib, hayf senga deganlarning koʻpligini jigʻibiyron boʻlib gapirdi. Oybek, Nur qidirib
-
Hayf shunaqa ovqatga axir menga ham kalla goʻshtidan qilingan ovqat keltirasanmi?! Mushtum
-
Nima deyapsiz oʻzingiz? Kap-katta odam Hayf sizday oqsoqolga! P. Tursun, Oʻqituvchi
hayf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hayf ketmoq
-
shuncha vaqti hayf ketganiga afsuslanib, yana shitob bilan yozishga kirishdi. X. Sultanov, Onamning yurti
-
Afandi uning soxt-sumbatiga qarab turib: — Oʻn besh kundan keyin oʻlasan, dori hayf ketadi, — dedi. Mushtum
Hayf koʻrmoq
-
siz boʻlsangiz, benzinni hayf koʻrib yuribsiz. N. Safarov, Katta karvon yoʻlda
-
Maynani boshdan-oyoq koʻzdan kechirib, oydek yosh juvonni eski-tuski kiyim-kechakda hayf koʻrdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Hayf qilmoq
-
Qizining bir yillik umrini hayf qilish onaga mumkin emasday koʻrinardi. P. Qodirov, Uch ildiz
Hayfi kelmoq
-
Maynaning bu ulugʻ, sodda kishilarning goʻshtsiz shavla, yogʻsiz non yeyishlariga hayfi keldi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
HAYF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan HAYF so‘ziga berilgan ma’nolar
hayf so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar