hayhayla
bilan ulashing
1. Hayvon va qushlarni choʻchitish, haydash uchun qichqirmoq; biror ishga daʼvat, yordamlashish maqsadida turli ovozlar chiqarmoq.
-
Marasul buva hay-haylab, bogʻdan chumchuqlarni haydar edi. Ertaklar
-
Seyalka haydovchilarning otlarga hay-haylagan ovozlari eshitilardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Biror nojoʻya ish-harakatdan qaytishga daʼvat etib baqirmoq.
-
Eshboy uzun oyoqlarini koʻtarib, oʻsha tomonga chopgan edi, Sherali uni hayhaylab toʻxtatdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Marasul Nasibani urmoqchi boʻlganda, Zargarov hayhaylab qoʻymadi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Targʻilni yechayotsak, soʻridan turib, buvim hayhaylab qoldilar. A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar
HAYHAYLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙҲАЙЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayhayla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar