hayit
bilan ulashing
1. din. Yilda ikki marta: ramazon tamom boʻlgach uch kun va qurbon oyida uch kun boʻlib oʻtadigan diniy bayram.
-
Toʻy tegishliniki, hayit barchaniki. Maqol
-
Ilgari hayit kunlari Koʻmirsaroyda qoʻgʻirchoqbozlik, chodirxayol boʻlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hayitdagi marosimlarga koʻp joylarda xalqlarning mahalliy odatlari —
-
arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, hayitlik berish, sayl qilish, yaqin odamlarini koʻrish va hokazo ham qoʻshilib ketgan. OʻzME
2. etn. Vafotiga yil toʻlmagan kishini hayit kunlari yoʻqlab aza tutish, eslash marosimi; maʼraka.
-
Onasining hayiti yaqinlashgan kunlar edi. Hademay akasining hayiti ham keladi.
3. koʻchma Biror muvaffaqiyat, gʻalaba munosabati bilan boʻladigan umumiy shodlik, bayram.
-
Paxta planimiz bajarilgan kuni siz-u bizga hayit-da! — Echkiga jon qaygʻusi, qassobga moy qaygʻusi. Men nima gʻamda-yu, sizga hayit ekan-da? — dedi Akmal Qudratga. J. Abdullaxonov, Yoʻl.
4. Hayit (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
hayit soʻzi qatnashgan jumlalar:
Katta hayit yoki qurbon hayiti
-
Katta hayit boʻlsa — oʻtgan, kichigiga hali ancha bor. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qurbon hayiti arafasida qishloqi murid Tillaboy yana bir qoʻy keltirib tashladi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
Kichik hayit yoki roʻza hayiti
-
Buning ustiga kichik hayitning bahor fasliga toʻgʻri kelgani nur ustiga aʼlo nur boʻldi. Mirmuhsin, Meʼmor
HAYIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar