haykal
bilan ulashing
1. Kishi yoki hayvon gavdasining gips, tosh, metall, yogʻoch va shu kabilar qattiq materiallardan yoʻnib, oʻyib yasalgan tasviri.
-
Navoiy haykali.
-
Chiroyli gilamlar, turli haykallar, jildli kreslolar bilan bezatilgan kabinetdan sira-sira ayrilgilari yoʻqday. Mushtum
2. Biror shaxs yoki voqea xotirasini abadiylashtirish uchun yasalgan arxitektura va haykaltaroshlik inshooti; yodgorlik.
-
Urush qurbonlariga oʻrnatilgan haykal.
-
Oʻzbek xalqi oʻzining birinchi va toʻngʻich prezidenti Yoʻldosh aka Oxunboboyevga haykal oʻrnatish marosimini oʻtkazmoqda. N. Safarov, Olovli izlar
-
Balki yerga rizq-roʻz urugʻini qadagan birinchi dehqon sharafiga ramziy haykal qoʻyilar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. koʻchma Umuman, shaxs xotirasini abadiylashtirish uchun xizmat qiladigan narsa.
-
H. Olimjon barhayot vaqtida ham oʻzi uchun haykal yarata oldi. N. Safarov, Olovli izlar
4. folk. Ayollar boʻyinga osib, koʻkrakka tashlab oladigan, oltin yoki kumushdan ishlangan bezak buyumi (zebigardonning qadimgi turi).
-
Oyimlar oʻtirar haykalin osib, Mushk-u anbar hidi har yonni bosib. Ravshan
-
U [Zulfizar] tilla haykallarini osib oyogʻining uchi bilan bosib, koʻrganning diliini kesib, boqqa ravona boʻldi. Zulfizar bilan Avazxon
HAYKAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙКАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haykal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar