misol
bilan ulashing
1. Tushuntirish uchun yoki dalil, isbot va shu kabilar tariqasida bir turli narsa, hodisa va shu kabilardan olingan ayrim namuna; oʻrnak.
-
Misol keltirmoq. Misolga olmoq. Misol uchun gapirmoq.
-
[HakimboyvachchaJ Yomonlarning koʻpaygani haqida shikoyat qildi. Misol uchun Yoʻlchini oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shayboniyxon mirzolarning insofni, imonni unutganlari, el-ulusni vayron qilganlariga yana bir talay misollar keltirdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Yechish, mashq qilish uchun beriladigan matematik ifoda.
-
Misol ishlamoq. Yechilishi oson misol.
3. kam qo‘llanadigan, aynan Misoli.
-
Oq paxtamiz taronasi yoyilsin tong misoli. Toʻla
-
Kunlarim ham endi tiyiqsiz Oqar koʻzim yoshlari misol. Sh. Rahmon
MISOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МИСОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
misol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar