to‘k
bilan ulashing
1. Suyuq yoki sochiluvchan narsalarni idishdan tushirmoq, sochilishiga yoʻl qoʻymoq.
-
Shoʻrvani toʻkmasdan olib kel. Oshni toʻkmasdan ye! Shakarning yarmini yoʻlda toʻkib kelibsan.
2. Duv tushirmoq, tashlamoq.
-
Gʻoʻzalarning bargini toʻkmoq.
-
Keksa oʻrik daraxtlari paxsa devorlarni qoʻltiqlab olganday, gullarini koʻchaga toʻkib yotardi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Men chiqdim-u, bodom shoxidan Toʻda qushlar gurr etib ketdi. Tagdoʻzi doʻppili bodomning Gullarini duv toʻkib ketdi. T. Toʻla
3. Agʻdarib boʻshatmoq, agʻdarmoq.
-
Bola sutni toʻkib yubordi. Grafindagi suvni toʻkib tashladim.
-
Oʻzbek oyim burchakda bola koʻtarib oʻtirgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni toʻkib kelishga buyurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Ayol] Paxtasini keltirib, xirmondagi eng katta toʻpga toʻka boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. koʻchma Oqizmoq, oqizishga majbur etmoq (koʻz yoshi, qon, ter haqida).
-
Koʻz yoshi toʻkmoq. Ter toʻkmasa — er emas, Qoʻl tegmasa — yer emas. Maqol
-
Xon qurolsiz xalqning qonini toʻkib, zoʻrlik bilan isyonni bostirdi. J. Sharipov, Xorazm
5. koʻchma Yogʻdirmoq, sochmoq (yogʻdu, nur va shu kabilar haqida).
-
Toʻlin oy sutdek yogʻdusini maktab sahni va tom tunukalariga ayovsiz toʻkar, bulbul esa hamon tinmay sayrar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Rahmat, singlim, shu soʻz, shu boʻsa, Shu guldasta baridan afzal. Mehr mayingdan tutding lim kosa, Goʻyo toʻkding boshim uzra zar. Yo, Mirzo
6. koʻchma Dildagi bor narsani, bor-yoʻgʻini aytmoq, dildagini aytib, yurakni boʻshatmoq.
-
[Xayrinisa] Bir zum jagʻi tinmas, ichida yigʻilganlarni birovga toʻkmasa tinchimas edi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
[Qurbon:] Biz yurakdagi dardimizni bir toʻkay deb kelsag-u, bergan javobing bu boʻlsa! Rahmat senga! O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim
-
Oʻzbek oyim oʻgʻlining oʻlganning ustiga chiqib tepish qabilidan boʻlgan bu harakatidan tutuni koʻkka chiqib, borliq qahr-gʻazabini eri ustiga toʻkadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Nizomjon chidamadi. Yuragida toʻlib-toshgan gaplarni uzil-kesil toʻkib solmoqchi boʻlib, qizni izlab, yana dalaga qarab ketdi. S. Ahmad, Ufq
to‘k soʻzi qatnashgan jumlalar:
Obroʻyini toʻkmoq
Ohorini toʻkmoq
Savlat toʻkmoq
Ter toʻkmoq
Qoʻr toʻkmoq
TO‘K so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘k so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar