to‘fon
bilan ulashing
1. Shiddatli boʻron, dovul.
-
[Normat] Ikki kechagacha uyqu ololmadi, koʻzini yumsa, terakning shovullashi toʻfon bosib kelayotganday kuchayaverdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Shuncha boʻron, sel va toʻfonlarga bardosh bergan togʻ kichkina bir maxluq \sichqon\ oldida bagʻri teshilib, chil-parchin boʻladi. U. Ismoilov, Saylanma
-
Toʻfonlarni sevuvchi Nuhim, Sukunatga quloq solsang-chi. A. Sher
2. koʻchma Algʻov-dalgʻovli, larzaga soluvchi, shiddatli xatti-harakat, qoʻzgʻalish.
-
Unutmanglar, amir lashkarlari ortida gʻazottalab mullavachchalar turadi. Bu katta toʻfonga puxta hozirlik koʻrilmoqda. S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Kim maqsadga yetaman desa, balolar toʻfoniga bardosh beradi, sabot bilan kurashadi. N. Safarov, Sharq tongi
3. koʻchma Ruhiy, hissiy qoʻzgʻalish, tugʻyon.
-
Inson qalbida ne-ne boʻronlar, toʻfonlar, shodliklar poʻrtana qiladi. Saodat
-
U qarama-qarshi oʻylar toʻfonida gʻarq edi. Shuhrat, Shinelli yillar
4. Diniy afsonalarga koʻra, odamlarning gunohi uchun butun dunyoni bosgan suv toshqini.
TO‘FON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎФОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TO‘FON so‘ziga berilgan ma’nolar
to‘fon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
to‘fon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar