to‘garak
bilan ulashing
1. Aylana, doira shaklidagi, doiraviy.
-
Toʻgarak stol. Toʻgarak oyna.
-
Umida dokladchilardan biri boʻlgani uchun prezidiumda oʻtirardi. U yerga toʻgarak zalni kesib oʻtib, zinadan chiqib borish kerak. A. Muxtor, Chinor
-
Shiyponning ustunlari sakkiz qirrali boʻlib, ostki qismi handalak shaklida toʻgarak qilib tarashlangan edi. S. Ayniy, Esdaliklar
2. ot Kishilarning birgalikda ishlash, mashgʻulotlar oʻtkazish, mashq qilish, bilim-hunar olish va shu kabilar umumiy maqsadlar bilan tuzilgan guruhi va shunday birlashmaning, uyushmaning oʻzi.
-
Musiqa toʻgaragi. Yosh tabiatshunoslar toʻgaragi. Toʻgarak tuzmoq. Toʻgarakka qatnashmoq.
-
Ibrohimov oʻzining har payshanba boʻladigan agronomiya toʻgaragini shu yerga koʻchirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Joʻraxon rahbarligida havaskorlik toʻgaraklari, sport ishlari jonlandi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
TO‘GARAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎГАРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘garak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar