hayiq
bilan ulashing
1. Biror ish-harakat qilishga choʻchimoq; qoʻrqmoq, botina olmaslik.
-
Qobil Komilovichning yuragi orziqdi. Miyasida tugʻilgan turli fikrlarga chuqurroq maʼno berishdan hayiqdi. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Hamma joyda oqni —
-
oq, qorani — qora, deb aytishdan hech hayiqmaslik kerak. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Dovdirroqmikan? Unday desa, fan nomzodi, uncha-muncha olimlar qoʻl urishga hayiqadigan muammolar ustida ishlayotgan ekan. S. Nurov, Narvon
2. Biror xatti-harakat, muomala va shu kabilarda kimdandir, nimadandir choʻchimoq, u bilan hisoblashmoq.
-
Dadasidan bir oz hayiqadi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
bu haqiqatgoʻy yigitning tevarak-atrofdagi qishloq va ovullarda obroʻyi katta ekan, undan koʻplar hayiqar ekan. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Poshsha xola oxir-oqibatda oʻz obroʻyiga putur yetib qolishidan hayiqardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
U xonasi kelganda hech kimni ayamasdi. Undan rais ham hayiqardi. S.Ahmad, Ufq
HAYIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЙИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hayiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar