havza
bilan ulashing
1. geogr. Daryo yoki koʻlga quyiladigan, uni tashkil etadigan irmoqlar majmui hamda shu daryo yoki koʻl atrofidagi mazkur irmoqlardan suv oladigan hudud (territoriya).
-
Amudaryo havzasi. Issiqkoʻl havzasi. Chirchiq havzasi.
-
Naymandan tortib to Mirzaorolgacha daryo boʻyidagi yerlarni avvallari ekkan dehqonlar daryo boʻyidagi qatorasiga ketgan katta-kichik beshta havzaga oʻrnashgan boʻlib, bu havzalarning har biri bir mahalla, hammasi Kapsanchilar qishlogʻi deb ataladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Suv yoʻlini toʻsish, toʻgʻon qurish yoʻli bilan hosil qilingan katta sunʼiy koʻl; suv ombori.
-
Qayroqqum suv havzasi.
-
Bu suv havzalari, kanallar suv omborlari va daryolarni loyqa bosishiga sabab boʻlib, xalq xoʻjaligiga maʼlum zarar yetkazmoqda. Fan va turmush
3. geol. Toshkoʻmir, ruda kabi yerosti boyliklari koʻp boʻlgan keng bir hudud.
-
Toshkoʻmir havzasi. Ruda havzalari.
4. Atrofi baland, oʻrtasi tovoq shaklidagi past, keng maydon.
-
Bu pastqamlik xiylagina katta havza boʻlib, uning tevarak-atrofida past-baland uylar, egri-bugri devorlar, bular orasida soʻppayib turgan yakka-dukka daraxtlar koʻrinar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. s.t. q. Basseyn.
-
Respublikamizda stadionlar, suzish havzalari sport maydonchalari soni muttasil koʻpayib bormoqda. Gazetadan
-
Talabalar madaniyat saroyi, sport kompleksi, suzish havzasi xizmatidan bemalol foydalanadilar. Gazetadan
HAVZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАВЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
havza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar