o‘gay
bilan ulashing
1. Oldingi er yoki xotindan boʻlgan farzandlar hozirgi er yoki xotinga hamda ularning qarindoshlariga nisbatan, shuningdek, hozirgi er yoki xotin va ularning qarindoshlari oldingi er yoki xotindan boʻlgan bolalarga nisbatan.
-
Oʻgay nabira. Oʻgay ota. Oʻgay xola.
-
Hafsalam pir boʻlib: — Peshonamning shoʻri qursin, oʻgay bola ham nasib qilmasa, — deb yigʻlab-yigʻlab qaytdim. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Chap tomondagisi Yusvali togʻaning oʻgay oʻgʻli Avaz, oʻng tomondagi Davlatyor edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Marasul: Oʻz xolam boʻla turib, toʻyga kelmadingiz-a? Oʻgay boʻlsangiz ham xafa boʻlmas edim. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Oʻgay qaynana yoshi oltmishlarga borgan, semiz, zabardast, dimogʻdor kampir edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Bir onadan tugʻilmagan yoki bir otadan boʻlmagan, otasi yoki onasi boshqa, tugishmagan farzandlar (bir-biriga nisbatan).
-
Oʻgay aka.
-
[Dilbar:] Botirjon akamning oʻgay singlisi bor, oti Adolatxon, shu oʻgʻil tugʻibdi. N. Safarov, Hayot maktabi
3. koʻchma Oʻziniki boʻlmagan; yot, begona.
-
Bobur oʻziga ulugʻ bir murabbiy topdim, deb suyunib yurganida, oʻgay taqdir uni bu madadkoridan ham judo qilgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Oʻgay ekinlarning holidan hech kim xabar olmadi. Gazetadan
-
Bulbul oʻgay erur zogʻlar orasida, Yugurik suv oʻgay togʻlar orasida. A. Oripov, Ruhim
o‘gay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻgay koʻrmoq
-
Mustamlakachi chor maʼmurlari mahalliy mehnatkashlarni oʻzlariga oʻgay koʻrardilar. N. Safarov, Olovli izlar
-
Dangalini aytaverish kerak avvallari bu mashinaga odamlarimiz oʻgayroq qaradi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Dangal aytishim kerak, oʻrtoqlar, mashinaga oʻgay koʻz bilan qarovchilar yoʻlimizga koʻndalang turishib oldilar. Gazetadan
O‘GAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎГАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘gay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar