zamin
bilan ulashing
1. Yer shari, Yer.
2. Ekin ekiladigan yer.
-
Bu qishloqning suvi toza, zamini unumli, havosi yoqimli, dehqonlarining qoʻli barakali ekan. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
3. Muayyan hudud, yurt; umuman yer.
-
Zotan, yangidan bunyod etilgan koʻrkam chamanzor, bogʻ-rogʻlar, yaxlit-yaxlit paxtazorlar Xorazm zaminiga jon bagʻishlaydi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Bir tomoni gʻallazor, bir to-moni tokzor yerlardan oʻtib borarkanmiz, shu zaminda tugʻilib, shu yerdan frontga ketgan J. Usmonovning maktubi yodimga tushdi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
4. koʻchma Asos, negiz.
-
Xoʻjalik noz-neʼmat bunyodkorlari ayni kunlarda moʻl hosilga puxta zamin yaratmoqdalar. Gazetadan
-
Har bir ulugʻ ishning zamini — mehnat, Mehnat-la yaralur shoh asarlar ham. R. Bobojon
5. koʻchma Qulay shart-sharoit, muhit; imkon.
-
U Boʻtaboyga hozir bunday talab qoʻyib boʻlmasligini, buning uchun avval zamin tay-yorlash kerakligini tushuntirmoqchi boʻlgan edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. koʻchma Tayanch, boshpana.
-
Oxiri Abdurahmon choyxona nishin tavkagir va boboyi banglar orasidan oʻziga zamin topdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
zamin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Roʻyi zamin
Zamin-u zamon
-
Zamin-u zamon oʻzgarib, maʼrifatga tomon bormoqda [dedi Islomxoʻja]. J. Sharipov, Xorazm
-
Yoʻllar eltsin manzilga omon! Omon boʻlsin zamin-u zamon. Shuhrat, Yoshligimning davomi
Ona zamin
-
Ona zaminimizning insoniyatga bebaho tuhfalaridan biri — dasturxon koʻrki hisoblangan bodomdir. Gazetadan
ZAMIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАМИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zamin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar