zamon
bilan ulashing
1. fls. Materiya (obyekt) holatlarining hamda hodisa (jarayon)larning izchil almashinish shakli; davomlilik, takrorlanmaslik, qaytarilmaslik kabi umumiy xossalarga ega boʻlgan vaqt.
2. Soʻz borayotgan payt; umuman vaqt, payt, davr, mahal.
-
Hozirgi zamon. Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq. Maqol
-
Hasanalining Otabeklar oilasida boʻlganiga ellik yillar chamasi zamon oʻtib, endi Otabeklar oilasining chin bir aʼzosi boʻlib ketgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Esini taniganidan boshlab onasi bilan kechirgan zamonlar Yoʻlchining koʻz olidan bir-bir oʻtadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mana, endi yangi davr, yangi zamon keldi. K. Yashin, Hamza
-
Chol [Shokir ota] zamondan koʻproq shikoyat qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Endi u zamonlar qamishkapaliklarga oʻtmish xotirasi boʻlib qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Biror muhim, oʻziga xos hodisa, tarixiy voqea roʻy bergan yoki biror shaxs, hokim tabaqa, sulola hukmronlik qilgan davrni qamrab olgan vaqt.
-
Tinchlik zamoni. Urush zamoni. Istiqlol zamoni. Amir zamoni. Temuriylar zamoni.
4. Kutilgan payt, davr-u davron.
-
Umrlaring uzun boʻlsin. Zamonlaring kelibdi: oʻynanglar, kulinglar. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. tilshunoslik Maxsus shakllar yordamida harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi feʼl kategoriyasi.
-
Oʻtgan zamon. Hozirgi-kelasi zamon. Kelasi zamon sifatdoshi.
6. Zamon (erkaklar ismi).
zamon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ayni zamonda
-
Ayni zamonda, ana shu milliy oʻziga xoslik konkret individual uslub bilan bogʻliq holda izohlanishi kerak. OʻTA
Bir zamon
-
Bir zamon choyxonachi keldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik;
-
Bu keng koʻkrak bir zamon Qaqrab yotardi. Vahshat azob, oʻlim, qon Toʻlib yotardi. Gʻayratiy
Bir zamonlar
-
Roʻzimboy bir zamonlar bu yogʻi Buxoro, bu yogʻi Qoʻngʻirot-u Marvgacha borib kurash tushgan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
— Esingizdami, bir zamonlar hovlingizda bir yetimcha xizmatingizni qilar edi? — dedi eshonga Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
Bobomning zamonida
Oxir zamon
-
— Bilmadim, boʻyoqchining nili buzilganmi yo oxir zamon yaqinlashib, yaʼjuj-maʼjuj xuruj qilganmi? — Sulton-bek atrofidagilarga koʻz yugurtdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shu zamon
-
Shu zamonning yoshlari;
-
Shitir etsa tushgan barg, Eshitilar shu zamon Uygʻun
Hali zamon
-
Serjant oʻshqirib: — Nima deysan? Yotib uxlasang-chi, hali zamon postga borasan, — dedi-da, oʻqishda davom etdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Har zamon(da)
-
Har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi. A. Qahhor, Bemor
-
Har zamon-har zamon bu yoʻldan gʻuvullab, ogʻir yuk mashinalari oʻtib qolardi. Gazetadan
Hech zamonda
-
Hech zamonda shunday ishlar boʻlami, Odamzod naslidan dushman kelami. Murodxon
ZAMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zamon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar