o‘gir
bilan ulashing
1. Asl (turgan) holatidan biror tomonga qaratmoq, burmoq.
-
Raʼno yuzini chetga oʻgirib, boshidagi roʻmoli bilan yuzini artdi, uzun entikdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
U kirgach, xotin boshini oʻgirib qaradi-da, shu qaraganicha koʻzlari xiralashib, sekin yumildi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Bashirjon darhol xotiniga orqa oʻgirib, barmogʻini qalin lablarida hoʻllab olib, sanashga tushdi. N. Aminov, Suvarak
2. Oʻyinda: oshiq, gugurt kabi narsalarni (biror holatda, mas, tikka turishini moʻljallab) dumalatib, yerga tashlamoq.
-
Bola oshiq oʻgirdi.
3. Toʻy-hasham va shu kabilarda qoʻshiqchi, oʻyin-chi boshidan pul aylantirib tashlamoq, pul qistirmoq.
-
Puldor xotinlar bir-birlaridan qolmaslikka tirishib, pul oʻgirdilar. Oybek, Tanlangan asarlar
4. din. Aziz-avliyolarga atab boshi yoki ustidan pul yoki biror buyumni aylantirib sadaqa qilmoq (biror ezgu tilakka eri-shish uchun yoki biror baxtli hodisa munosabati bilan).
-
Mahalladagi qushnoch xotin bemorning boshidan bir qora tovuqni oʻgirib bir echkini soʻyib, xudoyi qilishni buyurdi. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
Oftoboyim erining bu soʻzini eshitishi bilan Xoʻja Bahovuddin yoʻliga oʻgirib qoʻygan yetti tanga pulini Toʻybekaga berib, darrov eshonnikiga joʻnatdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. Tarjima qilmoq.
-
originaldagi asar leytmotivini ifodalaydigan doʻstlik, qoʻshiq, raqs, visol soʻz va iboralarni qoyil qilib oʻgirgan. OʻTA
-
Asadulla xayolidagi oʻzbekcha sheʼrni forsiyga oʻgirib yozdi. Sharq yulduzi
o‘gir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshidan suv oʻgirib ichmoq
-
Paxtakor bilan mexanizator har bir yangi mashinaning boshidan suv oʻgirib ichguday. I. Rahim, Zangori kema kapitani
Kalima oʻgirmoq ayn. kalima keltirmoq
-
Burun zamonda bularga oʻxshagan qarilar emas, hatto yoshlar ham kalima oʻgirib yotar edi, yaʼni aytmoqchi boʻlamanki, yashashdan koʻra koʻproq oʻlish toʻgʻrisida oʻylar edi. A. Qahhor, Yillar.
Yuz oʻgirmoq
O‘GIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎГИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘gir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar