havolan
bilan ulashing
1. aynan Havolamoq 1.
-
Qizdirilgan chirmandadek tarang oy asta-sekin havolanaverdi. Gazetadan
2. Umuman, havoda harakatlanmoq.
-
Shapaloqdek moshrang tok barglari yengil shamolda tebranadi, qarib sargʻimtir boʻlgan barglar chirt uzilib, havolanib, yerga tushadi. Gazetadan
-
nomaʼlum nuqtaga qadalgan nigohi beixtiyor, xuddi parashyutday havolanib, yerga tushayotgan katta bir bargga qadaldi. D. Nuriy, Osmon ustuni
3. Magʻrurlanmoq, gʻururi oshmoq.
-
Yengil gʻalabadan havolangan Eron qoʻshini massagetlarning chekinayotganini eshitib, zudlik bilan ularni taqib eta boshladi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Madaniyatli kishi oʻzidagi yaxshi fazilatlardan, goʻzallikdan havolanmaydi. M. Alaviya, Goʻzallik nimada?
-
— Qari odamni mushtumday bola oldida haqorat qilganingiz, bolangizni haq odam oldida nohaqlik bilan himoya etganingiz yaxshimi? Bolangiz bundan havolanmaydimi? — dedi Rasul aka xotiniga. M. Ismoiliy, Bizning roman
HAVOLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАВОЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
havolan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar