hasrat
bilan ulashing
1. Ichki dard; dard-alam.
-
Bunyodga kelgandan beri qaygʻu-alam arimagan bu keng hovlida ona-bola oʻz hasratlari, achchiq nolalari bilan qoldilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Maqsadingni anglat, Matpano! Koʻringan odamga hasratingni aytib, dunyodan yigʻlab oʻtmoqchimisan? S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Koʻz yoshlari hasratdan bujmaygan yuzlaridan va soqollaridan moʻl-moʻl oqaveradi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Dard-alam, shikoyat, nolish kabilarni ifodalovchi gap-soʻz.
-
Asad, qarasa, xolasining hasrati tugamaydigan. F. Musajonov, Nozik masala
-
U toʻgʻralgan sabzilarni mis tovoqqa sola turib, hasratga tushib ketdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
hasrat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ne hasratda
-
Ne hasratda obod qilgan bogʻining kolxozga oʻtib ketishidan qoʻrqish uning koʻzini koʻr, qulogʻini kar qilib qoʻydi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Juda-juda xijolat boʻlib ketdim. Ne hasratda yiqqan pulini buzib, men uchun xarajat qilib keldi-ya! S. Ahmad, Taʼzim
Hasratda oʻt
-
Oʻqib turib koʻrsatgan karomating shu boʻladigan boʻlsa, oʻqimay hasratda oʻt! N. Safarov, Olovli izlar
Hasrat qilmoq
-
Otam oʻldi, erim oʻldi, dedim, yigʻladim, hasrat qildim. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir;
-
Poshsha xola koʻngli choʻkib, uyiga qaytdi-yu, shu kuni birinchi marta Dorobbekka kuyovidan hasrat qildi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Umrida bir narsadan shikoyat qilmaydigan, har qanday sharoitda ham oʻzini qoʻlda tuta biladigan bu ziyrak, noziktaʼb ayol bilan men kelgan masalada gaplashish ancha mushkul ekanligiga aqlim yetib turardi. L. Tojiyeva, Mexrim sizga, odamlar.
Hasratidan chang chiqadi
HASRAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАСРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
HASRAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan HASRAT so‘ziga berilgan ma’nolar
hasrat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
hasrat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar