harchand
bilan ulashing
1. kam qoʻll. Toʻsiqsiz ergash gap tarkibida “har qancha“, “qanchalik“, imkon boricha maʼnosini bildiradi.
-
Parda yopildi. U odamlar harchand chapak chalishsa ham, qayta ochilmadi. A. Eshonov, Chorgoh
-
Sultonov harchand urinmasin, ularning gapi qovushmadi. E. Usmonov, Yolqin
-
Yodgor uni harchand ranjitgisi kelmasa-da, yolgʻon gapirolmadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. so‘zlashuv tili Inkor maʼnosini kuchaytiradi; aslo, hech.
-
Hasanxonning pand-u nasihatlarini Zevarxon qabul qilmadi, harchand gapga quloq solmadi. Bahrom va Gulandom
HARCHAND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАРЧАНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
harchand so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar