hasad
bilan ulashing
Kimsaga xos, unga tegishli narsa, fazilat va shu kabilarni koʻrolmaslik, xush koʻrmaslik his-tuygʻusi.
-
Hasad va rashkdan ichi yonib ketayotgan boʻlsa ham, soxta beparvolik bilan dedi: bizlar saxiy odam, baxtiyor boʻlinglar. F. Musajon, Huri
-
Javondagi qimmatbaho buyumlarni koʻrib, hasadi qoʻzgʻaldi. Mushtum
-
bu ikki dongdor meʼmor oʻrtasida azaliy bir yashirin rashk-u hasad mavjud. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yuragida uygʻonib hasad, Ich-etin yeb, Qiynaldi behad. S. Ochil.
hasad soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hasad qilmoq
-
Malika Oyqizning shunday barkamol yigitga tegayotganidan hasad qilmasdi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
-
Labing tegsa, hasad qilgum Gilos birlan uzumdan ham. E. Vohidov.
-
Baxtli odamlarga hasad qilmang, havas qilib mehnat qilsangiz, siz ham baxtli boʻlasiz. Gazetadan
HASAD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАСАД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hasad so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar