ehtiyot
bilan ulashing
Nomaqbul narsa, taʼsir va shu kabilardan saqlash (saqlanish), unga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan chora, tadbir; xatti-harakat.
-
Hovlisida yoki eshigiga yaqin ochiqroq yerda ehtiyot yuzasidan ogʻzi tor, ichi keng boshpana kovlangan. Shuhrat, Shinelli yillar
ehtiyot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ehtiyot boʻlmoq
-
Iroda bilan ehtiyot boʻlib soʻzlashish kerakligini tushunardi Ahmad. F. Musajonov, Himmat;
Ehtiyot tutmoq
-
oʻzingni ehtiyot tut. Ehtiyot qilmoq
-
Qiz — billur qadah, ehtiyot qilmasang, qoʻlingdan tushib ketadi. Shuhrat, Shinelli yillar;
-
Oʻqni ehtiyot qil! Moʻljalni aniq ol! H. Gʻulom, Mashʼal;
-
Hujjatlarni ehtiyot qilmoq
-
Yigitlar tillo tangalarni kaftlariga qoʻyib tomosha qilishdi. Undan keyin ehtiyot qilib, yonlariga solib qoʻyishdi. Mirmuhsin, Meʼmor
Ehtiyoti shart
-
Sayfiy, ehtiyoti shart deganday, qoʻyniga besh-olti gʻazal qistirib kelgan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
EHTIYOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭҲТИЁТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
EHTIYOT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan EHTIYOT so‘ziga berilgan ma’nolar
ehtiyot so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ehtiyot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar