usul
bilan ulashing
1. Biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yoʻli; harakat tarzi, xili, tartibi; yoʻl.
-
Qogʻoz tayyorlash usuli. Masala yechish usuli. Kvadrat uyalab ekish usuli. Sunʼiy nafas oldirish usuli.
-
Kishilarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash xurofotga zarba berishning eng qulay usulidir. Gazetadan
-
Gʻoʻza sugʻorishning yangi-yangi usullari qoʻllanadigan boʻlib, Jamolovning mulohazalari eskirib qoldi. J. Abdullaxonov, Oriyat
2. Biror ish, mashgʻulot kabilarga xos boʻlgan, unda qoʻllanuvchi asosiy xatti-harakat, yoʻl.
-
Fargʻonacha kurash usullari.
-
Ogʻir vaznlilar bellashuvida Respublikamiz vakili chiroyli usul qoʻllab, sof gʻalabani qoʻlga kiritdi. Gazetadan
3. aynan Uslub 1.
-
Proza usuli.
4. musiqa Kuyning ijro etilish surʼati hamda bu surʼatni boshqarib (tezlatib yoki sekinlatib) turish uchun beriladigan musiqiy imo-ishoralar.
-
Usullar raqsning ritmlaridir. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Otasi tanbur yoki torda mashq qilayotganida, unga doira bilan joʻr boʻlib, usul berib turadigan boʻldi. A. Madrahimov, Mohir jangchi
5. Noz-karashma, ishva; shoʻx qiliq, shoʻxlik.
-
Usul qilmoq.
usul soʻzi qatnashgan jumlalar:
Goh xudo-yu rasul, goh gʻamza-yu usul
-
— Hunaringiz goh xudo-yu rasul, goh gʻamza-yu usul ekan-da, general, — dedi Mardonbek. S. Azimov, Oppoq tong qoʻshigʻi
USUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УСУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
usul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar