sherik
bilan ulashing
1. Biror ish-harakatni birga bajaruvchi; hamkor.
-
Ahmadjon sherigi bilan granatalarni chogʻlab, hayot-mamot paytini kutib turishdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
[Qodirqul:] Jim, ahmoq! Boyning bultur kuzak bir qashqa oti yoʻqolgan. Ikki ming soʻm puli saroydan oʻgʻirlangan. Shularni ham sen oʻgʻirlagansan. Gapir, sheriklaring kimlar? Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Doʻsmatov tuproqni kanal oʻzanidan chekkaga otib berar, sherigi esa nariga itarardi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. Oʻzaro birga boʻlgan shaxs, birga holatdagi shaxs (birga turgan, birga yurgan va hokazo).
-
Ikki kishilik palataga joylashdik. Sherigim betlari qip-qizil, oʻsiq qoshlariga bitta-ikkita oq tushgan bir kishi edi. N. Aminov, Qaltis hazil
-
Uzunrogʻi toʻxtadi, sherigi yugurgilab keldi S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Biror jihatdan, qaysidir jihat bilan oʻzaro birga (birgalikda) boʻlgan ikki shaxs yoki shaxslar; ogʻayni, doʻst va shu kabilar shaxslar.
-
Ravshan tushlikda shoʻrvaga navbat oldi. Sheriklari tandirdan yangi uzilgan somsani stolga uyib, jam boʻlishib, Ravshanni kutib turishdi. Yoshlik
-
Avaz sheriklari bilan daxma eshigidan chetroqda turibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Biror narsaga bir xilda talabgor, bir tan boʻlgan shaxs.
-
Xullas, ikki gruppaga bir xilda xizmat qilganim uchun, unisi gʻolib chiqsa ham, bunisi gʻolib chiqsa ham, mukofotga sherikman. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Bu yerdan bir qop oltin topib oldim. Sherik boʻlaman desang, chiq! O. Yoqubov, Izlayman
5. so‘zlashuv tili (faqat 3-shaxs birlik shaklida — sherigi) Bir xil yoki bir juft narsalarning har biri.
-
Bu tuflining sherigi qani?
-
Bu qoʻyni olib borib, sherigi bilan yana bir-ikki oy boqing A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
sherik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Teng sherik
-
Jang yillari ikki hamxona Bir mayizga edi teng sherik. Z. Obidov, Yaxshi niyat
Sherikmisan, hammolmisan?
-
E, sherikmisan, hammolmisan? Puflasang-chi! H. Shams, Dushman
SHERIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШЕРИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sherik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar