kuchay
bilan ulashing
1. Taʼsir darajasi yuqorilashmoq, kuchli tus olmoq, avj olmoq, zoʻraymoq.
-
Ogʻriq kuchaydi, Qiziqish kuchaydi. Sovuq kuchaydi.
-
Qoʻrgʻonda xotinlarning, bolalarning shovqini kuchaydi Oybek, Tanlangan asarlar
-
Undagi bezovtalik avjiga mingan sari, koʻnglida ashulaga ishtiyoqi kuchayib borardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Gavhar ayasi bilan dadasini, Gʻiyos akasi bilan Fotima-Xusanlarni oʻylagan sayin, battar xavotiri kuchayardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Oʻziga (yanada) kuch bermoq; kuchlanmoq.
-
Buning ustiga sipohlar yana ham kuchayib, olomonni Xadraga qarab surishga muvaffaq boʻladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Politsiyachi bamisoli it boʻladi, qochsang, kuchayib, orqangdan quvlaydi. K. Yashin, Hamza
KUCHAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЧАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuchay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar