kuchala
bilan ulashing
1. Guli sariq, koʻk, safsar oʻtsimon oʻsimlik hamda uning tibbiyotda ishlatiladigan zaharli, tugmasimon mevasi.
-
baqqoldan yashirincha oldirilgan kuchala kichkinagina dekchada ertadan kechgacha qaynaydi; ertalab uning suvi bir choynakka solinib, Zebixonning uyiga olib kirilishi moʻljallandi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Terak, tol kabi daraxtlarning toʻpguli.
-
Ular [daraxtlar] ham boʻrtib, kuchala chiqara boshlashibdi. T. Toʻla, Toshkent uylari
kuchala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kuchala yegan joyingga borib tirish
-
Agar ichkilik ichgan boʻlsang, kuchala yegan joyingga borib tirish, demoqchi boʻldi-yu, aytmadi. R. Fayziy, Hazrati inson
KUCHALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КУЧАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kuchala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar